» » La Liga. “Real Madrid” deyarli ikkinchi tarkibi bilan “Leganes”ni mag‘lub etdi (video)

La Liga. “Real Madrid” deyarli ikkinchi tarkibi bilan “Leganes”ni mag‘lub etdi (video)


Bugun, 28-aprel sanasida Ispaniya La Ligasida 35-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Mazkur tur kecha, 27-aprel sanasida “Levante” hamda “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlangan edi. “Sevilya” safardagi uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bugun esa Zidan boshliq “Real Madrid” o‘z maydonida “Leganes”ni qabul qildi. Fransiyalik mutaxassis ushbu uchrashuvga “Qirollik klubi”ning deyarli ikkinchi tarkibini tashladi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Madridliklarning goliga Garet Beyl hamda Borxa Mayoral, mehmonlarning javob goliga esa Brashanats mualliflik qildi.

Ayni damda “Vilyarreal” esa “Selta” maydonida mehmon bo‘lmoqda.

Chempionlikka erishishi uchun bir qadam qolgan “Barselona” esa ertaga o‘z uchrashuvini o‘tkazadi.

La Liga

35-tur bellashuvlari

27-aprel, juma

Gollar: 1:0 – 11 Marti 1:1 – 16 Fernandes, 2:1 – 74 Morales.

28-aprel, shanba

Gollar: 0:1 – 29, penalti Kalyeri, 1:1 – 76 Moreno.

Gollar: 1:0 – 15, avtogol San Xose, 2:0 – 36 Oyarsabal, 3:0 – 54, avtogol San Xose, 3:1 – 59, penalti Raul Garsiya.

Gollar: 1:0 – 8 Beyl, 2:0 – 45 Mayoral, 2:1 – 66 Brashanats.

Real Madrid”: Kasilya, Valyexo, Teo, Hakimi, Sebalyos, Lorente, Kovachich (Kroos, 62), Kazemiro, Beyl, Mayoral, Benzema (Asensio, 62).

“Leganes”: Kuelyar, Bustinsa, Riko, Saldua, Siovas, Brashanats (Naranxo, 90), Peres, Pires, El-Jar, Amrabat (Eraso, 90), Gerrero (Bovyu, 62).

Ogohlantirish: Saldua (73). Chetlatish: Pires (90).

29-aprel, yakshanba

30-aprel, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют