» » Zulayho Mahkamova O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Zulayho Mahkamova O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Namangan viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Zulayho Mahkamova qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu paytga qadar qo‘mitada birinchi o‘rinbosar lavozimi joriy etilmagandi.

Zulayho Mahkamova 1968-yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 2017-yil oktabridan Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgan, bungacha viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan edi.

Shuningdek, qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shoira Nurmatova boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga O‘zbekiston milliy universiteti ma’naviyat asoslari va dinshunoslik kafedrasi professori Mukarram Nurmatova o‘rinbosar etib tayinlandi.

Mukarram Nurmatova 1959-yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Falsafa fanlari doktori, dotsent.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют