» » Qashqadaryoda “Barkamol avlod” markazi rahbari pora olayotganda ushlandi

Qashqadaryoda “Barkamol avlod” markazi rahbari pora olayotganda ushlandi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori F. Norqobilov xizmat xonasida pora olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatiga ko‘ra, u S. O‘tkirovani markazga ingliz tili to‘garagi rahbari sifatida ishga qabul qilish uchun 850 ming so‘m talab qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi F. Norqobilovni tamagirlik yo‘li bilan pora olganlikda aybdor deb topdi. Uning ozodligi cheklandi, qo‘shimcha jazo tariqasida muayyan huquqlardan ham mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют