» » A Seriya. “Yuventus” 70 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Inter”dan g‘alabani tortib oldi (video)

A Seriya. “Yuventus” 70 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Inter”dan g‘alabani tortib oldi (video)


Kecha, 28-aprel sanasida Italiya A Seriyasi 35-tur markaziy o‘yinida Milanning “Inter” jamoasi o‘z maydonida Turinning “Yuventus”ini qabul qildi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Duglas Kosta gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada “Inter” himoyachisi Vesino Manjukichga nisbatan ishlatgan qo‘polligi sabab, qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 52-daqiqasida Mauro Ikardi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 65-daqiqada esa Andrea Bardzali avtogol sohibiga aylanib, “Inter”ni hisobda olib chiqdi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida esa “Inter” a’zosi Shkrinyar ham avtogol urib, hisobni “Yuventus” foydasiga tenglashtirdi. Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Gonsalo Iguain gol kiritib, “Yuventus”ga safardagi o‘yinda muhim g‘alabani taqdim etdi.

“Roma” esa o‘z maydonida “Kyevo”ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

A Seriya

35-tur bellashuvi

28-aprel, shanba

Gollar: 1:0 – 9 Shik, 2:0 – 40 Jeko, 3:0 – 65 El-Shaaravi, 4:0 – 67 Jeko, 4:1 – 88 Ingleze.

“Roma”: Alisson, Bruno Peres, Fasio, Jezus, Kolarov, Pellegrini (Gonalon, 79), de Rossi, Nainggolan, Shik (Manolas, 60), Jeko (Jerson, 84), El-Shaaravi.

Kyevo”: Sorrentino, Bani (Gamberini, 46), Radovanovich, Tomovich, Depaoli (Yaroshinski, 28), Kastro (Birsa, 79), Rigoni, Xetemay, Kachchatore, Puchcharelli, Ingleze.

Ogohlantirishlar: Kolarov (24), Xetemay (28), Birsa (90), Nainggolan (90).

Chetlatish: Jezus (56)

Gollar: 0:1 – 13 Duglas Kosta, 1:1 – 52 Ikardi, 2:1 – 65, avtogol Bardzali, 2:2 – 87, avtogol Shkrinyar, 2:3 – 89 Iguain.

“Inter”: Xandanovich, Shkrinyar, D’Ambrozio (Karamo, 90), Joau Kanselu, Miranda, Vesino, Brozovich, Rafinya (Valero, 81), Kandreva, Perishich, Ikardi (Santon, 85).

“Yuventus”: Buffon, Bardzali, Rugani, Aleks Sandro, Xedira (Dibala, 61), Kuadrado, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 80), Duglas Kosta, Mandjukich (Bernardeski, 66), Iguain.

Ogohlantirishlar: Kuadrado (5), Pyanich (21), Bardzali (45), Majukich (52), D’Ambrozio (58), Aleks Sandro (77), Brozovich (88).

Chetlatish: Vesino (18).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют