» » O‘zbekistonda Telegram messenjeri yana ishlamay qoldi

O‘zbekistonda Telegram messenjeri yana ishlamay qoldi


29-aprel kuni Telegram messenjeri yoppasiga ishlamay qoldi, deb yozadi UzNews. Messenjer asosochisi Pavel Durov nosozliklar sababini tushuntirdi.

“Telegram serverlaridan birining ortiqcha qizib ketishi keyingi bir necha soat davomida yevropalik foydalanuvchilarda messenjerga ulanishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”, — deb yozdi u o‘z Twitter’ida.

Durov foydalanuvchilardan uzr so‘radi va muammo hal qilinayotganini qo‘shib qo‘ydi.

Telegram O‘zbekistonda 29-aprel kuni taxminan 00:30 dan buyon ishlamay qolyapti. Downdetector servisi qayd qilishicha, foydalanuvchilarning 77 foizida dastur ulanmayapti, 22 foizi esa xabarlar yubora olmayapti. Telegram ishidagi nosozliklardan Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar aholisi ham shikoyat qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonga Telegram ishidagi har bir nosozlik ta’sir qilayotgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют