» » O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi


O‘zbekiston shu yiliyoq jinoyat ishlarini elektron shaklga o‘tkazish loyihasini amalga oshirmoqchi, deb yozadi Sputnik mamlakat Prezidentining Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasiga tayanib.

Ekspertlar 2018-yil 1-dekabrgacha Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoiy ish” sinov loyihasini ishga tushirishni taklif qilmoqda.

Uning doirasida jinoiy ishlarni elektron shaklda yuritish hamda protsessual harakatlarni amalga oshirishda tergov, prokuratura, jazoni ijro etish va sud organlari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi himoyalangan tizimni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Sinov loyihasining yakunlari 2019-yil 1-oktabrgacha o‘rganib chiqiladi, ularning natijalariga qarab jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Ekspertlar fikricha, yangi tizim nafaqat jinoiy protsessni soddalashtirish va uning sifatini oshirish, balki tergovchilar, prokurorlar va sudyalar xatolarini kamaytirish imkonini ham beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют