» » Florida botqoqliklaridan chiqqan ulkan bo‘g‘ma ilonlar shaharlarga yo‘l oldi

Florida botqoqliklaridan chiqqan ulkan bo‘g‘ma ilonlar shaharlarga yo‘l oldi


AQShning Florida shtati janubida, botqoqliklarda ko‘payib ketgan kulrang yo‘l-yo‘l bo‘g‘ma ilonlar yarim orolning aholi ko‘p yashaydigan hududlari tomon siljimoqda. Bu haqda WBBH/WZVN nashri xabar berdi.

Oldin ulkan ilonlar asosan Evergleyds milliy bog‘i va uning atrofida o‘rnashgan bo‘lsa, endi Florida janubi-g‘arbidagi shaharlarga yaqinroq yerlarda paydo bo‘la boshladi.

Biolog Jo Vasilevskining so‘zlariga qaraganda, bo‘g‘ma ilonlar yarim orolning g‘arbiy qismini egallab bo‘lgan.

“Ular tarqalishda davom etadi deb qo‘rqaman”, — dedi mutaxassis.

Bu turdagi bo‘g‘ma ilonning o‘rtacha uzunligi 3,7 metrni tashkil etadi. Ammo 5,74 metrli ulkan ilonlar ham uchrab turadi.

Shtat ma’muriyati ulardan qutulish uchun bir necha marotaba ovchilar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilgan edi. Shu yo‘l bilan o‘tgan yildan buyon 850 ilonni yo‘q qilishga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют