» » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga keldi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonga keldi


Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Turkiya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Oliy darajadagi siyosiy muloqotda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llari, ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, global va mintaqaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Turkiya prezidenti Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqishi, O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif dasturidan Turkiya delegatsiyasining Buxoro shahrida bo‘lishi ham o‘rin olgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari 30-aprel va 1-may kunlariga belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют