» » “Boysun bahori” yakunlandi

“Boysun bahori” yakunlandi


Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida 28–29-aprel kunlari "Boysun bahori”ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Festivalda mamlakatda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalarining 250 dan ortiq vakili o‘z hududlariga xos libos va qadimiy kuy-qo‘shiqlar bilan faol ishtirok etdi.

Respublika hududlaridan tashrif buyurgan folklor-etnografik jamoalarining qiziqarli konsert dasturlari barchaga bir olam zavq-shavq ulashdi. Tojikiston Respublikasining “Padida” teatr jamoasi va mashhur xonanda Shabnam Surayyo, Afg‘oniston Islom Respublikasining taniqli hofiz-xonandalari Abdumajid, Abdurauf Adlxuiylar hamda poytaxtdan kelgan el suygan san’atkorlar ishtirokidagi maxsus dastur namoyish etildi.

Festivalda Surxondaryo viloyatining “Boysun” folklor-etnografik jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Bes perde”, Jizzax viloyatining “Bog‘don gullari” va Xorazm viloyatining “Xorazm” jamoalari ikkinchi, Toshkent viloyatining “Qurama”, Farg‘ona viloyatining “So‘x chashmasi” va Sirdaryo viloyatining “Sirdaryo navolari” folklor-etnografik jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, eng chechan baxshi-shoir, oqin va jirovlar, eng yaxshi o‘tov-uy o‘rnatgan jamoalar ham munosib taqdirlandi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют