» » O‘zbekistonda muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga yuboriladi

O‘zbekistonda muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga yuboriladi


O‘zbekistonda “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq reabilitatsiya markazlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar, ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliksodir etishga moyil bo‘lgan 18 yoshdan oshgan shaxslar keltirishi mumkin.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga qabul qilish uchun ma’muriy sudning ajrimi asos hisoblanadi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga qabul qilinayotganda ularning fotosuratlari va barmoq izlari olinib ro‘yxatga qo‘yiladi, tibbiy va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, buyumlari va ashyolari ko‘zdan kechiriladi.

Reabilitatsiya markazlarining mas’ul xodimlari tomonidan muayayn yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar bilan ular ushbu markazlarga olib kelingan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan suhbat o‘tkaziladi.

Suhbat davomida muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsdan uni tekshirish uchun zarur ma’lumot va tushuntirishlar olinadi. Suhbat natijalari haqida bayonnoma tuzilib, uni o‘tkazgan mas’ul xodim va suhbatlashilgan shaxs tomonidan imzolanadi.

Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan shaxslar reabilitatsiya markazlarida ularning shaxsi aniqlanguniga qadar ma’muriy sudning ajrimi asosida 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turiladi.

Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning shaxsi va yashash joyi aniqlanganidan so‘ng ular doimiy yashash joylariga jo‘natiladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlarini o‘zboshimchalik bilan tark etishiga va huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan, xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz reabilitatsiya markazlari xodimlarining nazorati ostida bo‘ladi.

Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslar arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish, advokat xizmatidan foydalanish, telefon orqali cheklovsiz so‘zlashish, tegishli tibbiy yordam olish kabi huquqlarga ega bo‘ladi.

Reabilitatsiya markazlariga qabul qilingan boquvchisi va qarovchisi hamda doimiy yashash joyi bo‘lmagan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qarovsiz qolgan keksalar belgilangan tartibda tegishli ichki ishlar organlari tomonidan sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internet uylariga, ruhiy kasallik sababli nogironlar “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga joylashtiriladi.

Tibbiy davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) reabilitatsiya markaziga moneliksiz kirish huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют