» » Toshkent shahar IIBB “Poytaxt yo‘llarida” jurnalistlari kamerasini sindirib tashlash bilan tahdid qilgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi belgiladi

Toshkent shahar IIBB “Poytaxt yo‘llarida” jurnalistlari kamerasini sindirib tashlash bilan tahdid qilgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi belgiladi


Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi o‘zini nomaqbul tutgani holati yuzasidan xizmat tekshiruvi belgiladi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.

Mazkur xodimning hatti-harakatlari “Toshkent” telekanali tomonidan tasvirga olindi.

“Poytaxt yo‘llarida” ko‘rsatuvining 28-aprel, shanba kuni efirga uzatilgan lavhasida Toshkent shahri bozorlaridagi avtoturargohlarda mavjud muammolar haqida hikoya qilinadi. Ko‘rsatuv boshlovchisi jurnalist Nigora Dehqonova bunga mutasaddilarning munosabatini bilish uchun Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga kelganida qo‘riqlash boshqarmasi xodimasi bo‘lgan ayol jurnalistlarga kameralarini sindirib tashlash bilan tahdid qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rsatuv bugun, 30-may, dushanba kuni soat 11:50 da takror efirga uzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют