» » Ilon Maskning pullari qanday tezlikda sarf bo‘layotgani hisoblab chiqildi

Ilon Maskning pullari qanday tezlikda sarf bo‘layotgani hisoblab chiqildi


Ilon Mask tomonidan asos solingan Tesla elektrokarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bir daqiqada 6,5 ming dollar sarf qilishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg.

Kompaniya 2017-yilni 3,4 milliard dollar naqd pul va 9,4 milliard dollar qarz bilan yakunladi. Agar avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya shunday sur’atda pul sarf qilishda davom etsa, 2018-yilda qo‘shimcha moliyalashtirishsiz naqd pulsiz qoladi.

Tesla yaratilganidan keyingi yetti yil davomida (2003-yilda asos solingan) o‘z mablag‘lari va venchur fondlari mablag‘lari hisobiga yashagan, moliyalashtirishning katta qismi Maskning hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, Bloomberg yozishicha, kompaniya AQSh hukumati tomonidan o‘zgacha qo‘llab-quvvatlanadi (hech bir boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchi bunday ko‘makka ega emas).

Masalan, 2010-yilda Tesla energetika vazirligidan 465 million dollar kredit olgan, uni 2013-yilda yopgan.

Shuningdek, 2010-yilda Tesla xodimlari soni 899 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yil boshiga kelib, ular 40 ming kishiga yetgan. Ishchilar yollanishining davom etishi pul sarfini yanada ko‘paytiradi. 2014-yildan 2017-yilgacha Tesla xodimlari soni uch baravar oshgan, ammo kompaniyaga bir kishi tomonidan keltiriladigan daromad o‘smagan.

Bundan tashqari, kompaniya Tesla Model 3 avtomobilini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z rejalarini bajarmagan. Bloomberg fikricha, bularning barchasi kompaniya taqdiri haqidagi jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Tesla navbatdagi moliyaviy hisobotini 2-may kuni taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют