» » Sergelidagi maktab chiqindixonasi oldidan o‘quv granatasi topildi

Sergelidagi maktab chiqindixonasi oldidan o‘quv granatasi topildi


Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-maktab chiqindixonasi oldidan 30-aprel kuni tongda qo‘l granatasiga o‘xshash buyum topilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda shahar IIBB Axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.

“Voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda ustiga “o‘quv” deb yozilgan qora rangli o‘quv qo‘l granatasini topgan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda qo‘l granatasining mulyaji qanday qilib tegishli o‘quv inshooti hududidan tashqariga chiqib qolganini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi maktablardan birining oldida tushunarsiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют