» » Yig‘layotgan bolaning begonasi bo‘lmaydi. Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!

Yig‘layotgan bolaning begonasi bo‘lmaydi. Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!


5 yoshli Abrorbek Habibullayev Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Burgalik qishlog‘ida yurak tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan. 2 oyligida Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti poliklinikasida kardiolog A.Kim tomonidan “Tetrado fallo” tashxisi qo‘yilgan.

Abrorbekning onasi Kamola opa uch yil avval o‘g‘lini jarrohlik amaliyotiga olinishi uchun navbatga qo‘ygan. U 438-navbat 3 yil o‘tib ham kelmaganidan noliydi va o‘g‘lining ahvoli kundan-kun yomonlashib borayotganidan xavotirda.

Abrorbek bugun deyarli ko‘chaga chiqmaydi. Unga keskinroq harakat taqiqlangan. Bola yashaydigan mahalla gazlashtirilmagani bois aholi ko‘mir va o‘tin yoqadi. Doimiy tutun ham bolakayga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Besh kishi yashaydigan oilada hech kim doimiy ishlamaydi. Ota mahallasida mavsumiy ishlar qiladi. Ona kun bo‘yi bolasining yonida bo‘lgani bois ishlash imkoni yo‘q. Ota-onaning uch yillik turli muassasalar, shifoxonalar eshigi ortidagi sanoqsiz kunlari samarasiz ketmoqda. Bola uchun esa har daqiqa g‘animat. Yurakdagi uchta teshik bola ulg‘aygani sayin kattalashib bormoqda. Zudlik bilan bola operatsiya qilinishi kerak. Tibbiyot birlashmasi tomonidan beriladigan order bo‘lsa jarrohlik amaliyoti ancha arzon bo‘lardi. Ammo uch yildan beri qo‘lga tegmagan orderni endi kutishga fursat yo‘q.

O‘lim bilan olishayotgan bolakayning kuchi qolmadi, holdan toygan Abrorbekning ko‘zlariga qarab etingiz uvishadi. Ko‘z o‘ngingizda porlab turgan ko‘zlardagi nurning so‘nib borishiga qanday chidab qarab turish mumkin?! Bugun Abrorbek yaxshilarning mehriga, ko‘magiga muhtoj. Birinchi operatsiya narxi (jarrohlik payti yurakning uzliksiz ishlab turishini ta’minlaydigan apparatning bahosi va dorilari bilan birga) 22 million so‘m. Bemorning ahvoli va undagi o‘zgarishlarga qarab shifokorlar yana bir operatsiyaga zarurat bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!

Xayriya qilish istagida bo‘lgan saxovatpesha insonlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:

Karta raqami: 8600 0423 6691 7200

Abrorbekning onasining telefon raqami: +99890 963 50 53; +99894 368 93 79



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют