WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xitoy TIV rahbarining Shimoliy Koreyaga tashrifi sanasi ma’lum qilindi
Xitoy TIV rahbarining Shimoliy Koreyaga tashrifi sanasi ma’lum qilindi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I KXDRga joriy haftada tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy TIV bayonotiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Vazir Shimoliy koreyalik hamkasbi taklifi bilan 2—3-may kunlari Pxenyanga tashrif buyuradi. Van Ining KXDRga tashrifi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi oldidan amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda.
Amerika yetakchisining so‘zlariga qaraganda, uning Kim Chen In bilan uchrashuvi bir oy davomida bo‘lib o‘tishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv Singapurda o‘tkazilishi mumkin.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?