» » To‘yiga 3 kun qolganda bosqinchilik qilib qo‘lga tushgan “kuyov” salkam o‘n bir yilga ozodlikdan mahrum etildi

To‘yiga 3 kun qolganda bosqinchilik qilib qo‘lga tushgan “kuyov” salkam o‘n bir yilga ozodlikdan mahrum etildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga uch nafar noma’lum shaxs qurollangan va yuzlarini niqob bilan berkitgan holda bostirib kirdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Toshkent shahar IIBB 102 xizmat raqam xizmatiga kelib tushgan xabar aososida tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.

“Uch nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda uy egasi Ahmedovaga zo‘rlik ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan paytda uning turmush o‘rtog‘i Salayevga pnevmatik qurol ishlatilgan holda uyda bo‘lgan 3 million 668 ming so‘mlik tovar moddiy boylikni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashirinishgan”, — deydi Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Murodjon Sodiqov.

Jinoyatchilar o‘z harakatlarini puxta o‘ylagan reja asosida amalga oshirishgan, ammo ular xonadon atrofiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini inobatga olmagan edi.

Guruh a’zolari yosh bo‘lishiga qaramay ikkinchi marotaba jinoyat sodir etishmoqda. Ilgari ham bosqinchilik bilan qo‘lga tushib, jazoni o‘tab qaytgan Ilhom Izzatullayevning ozodlikdagi hayoti 5 oygina davom etdi. Nikoh to‘yiga 3 kun qolganda sheriklarining oson pul topish taklifi uning nafsini qitiqladi va jinoyat yo‘liga boshlagan.

Bosqinchilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruhning 5 nafar a’zosiga hukm o‘qildi. Sud hukmiga ko‘ra Ilhom Izzatullayevga 11 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari ham sud hukmi bilan 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют