» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchinchi Dreamliner’ni 2018-yil may oyi o‘rtalarigacha qabul qilib oladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchinchi Dreamliner’ni 2018-yil may oyi o‘rtalarigacha qabul qilib oladi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va Boeing korporatsiyasi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yana bir dona Boeing 787-8 Dreamliner yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, UzDaily xabar berdi.

Mazkur qo‘shimcha samolyot bilan birgalikda hisoblansa, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi 2020-yilga qadar shu turdagi 6 ta havo kemasiga egalik qilishi haqida xabar berilgandi.

Hisob bo‘yicha uchinchi Dreamliner joriy yilning may oyi o‘rtalariga qadar yetkazib berilishi rejalashtirilgan. U hozirda MAKda mavjud Boeing 787-8 Dreamliner’laridan farq qiladi — yo‘lovchilar joyi ko‘paytirilgan, ya’ni 270 tani tashkil etadi (biznes-klass—24 ta, ekonom-klass—246 ta), shuningdek, ekipaj a’zolarining hordiq chiqarishi uchun maxsus bo‘lma ham mavjud.

Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Boeing 787 Dreamliner havo kemalarini xarid qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, hozirda “O‘zbekiston havo yo‘llari” ikkita Boeing-787-8 samolyotidan foydalanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют