» » “Shaytanat” teleseriali 14-maydan boshlab efirga uzatiladigan bo‘ldi

“Shaytanat” teleseriali 14-maydan boshlab efirga uzatiladigan bo‘ldi


Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Shaytanat” seriali 1-maydan boshlab “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatila boshlanishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, serialning efirga uzatilish sanasiga o‘zgartirish kiritilgan. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Bugun, 30-aprel kuni serial haqidagi ko‘rsatuv suratga olinadi, efirga ketmaydi. Suratga olishdan so‘ng, ko‘rsatuv sifatida tayyorlanib, 2018-yil 14-may kuni 1 soatlik tok-shou efirga uzatiladi va undan keyin “Shaytanat” serialining namoyishi boshlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan “Shaytanat” seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют