» » Shohrux Sharahmetov: Turk loukosterlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkin

Shohrux Sharahmetov: Turk loukosterlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkin


Turkiyaning loukoster aviakompaniyalari hamkorlik masalasida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkin. Bu haqda qo‘mita raisi o‘rinbosari Shohrux Sharahmetov 30-aprel kuni Toshkentda turk jurnalistlari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qo‘mita vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning turizm sohasidagi boy tajribasi O‘zbekiston uchun foydalidir. O‘zbekiston tomoni bu masalada turk shirkatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor.

“Turkiya loukoster aviakompaniyalari hamkorlik masalasida bizga, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkin. Biz O‘zbekistonga millionlab turistlar kelishini xohlaymiz. Shu boisdan biz hamkorlikka, hamkorlik qilish niyatidagi chet el kompaniyalariga yordam, ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz”, — dedi qo‘mita raisi o‘rinbosari.

Ayni vaqtda, brifing davomida so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni keskin oshgani ham qayd etib o‘tildi.

Avvalroq Turkiyaning Pegasus loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonda o‘z shu’basini ochish istagini bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, 2018-yil oxirigacha O‘zbekistonda milliy loukoster ishga tushirilishi kutilmoqda. Unda, jumladan, Toshkentdan Moskvaga uchish narxi 100 dollar atrofida bo‘lishi va’da qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют