» » Xorazm viloyatida yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi

Xorazm viloyatida yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 308-son qarori bilan Xorazm viloyatida qo‘shimcha ravishda yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi, deb yozadi Norma.

1 – Xiva tumanining “Zaungur” posyolkasida, sobiq “Maxsus qurilish mexanizatsiya” UK mulkiy kompleksi negizida (3,2 gektar).

2 – Shovot tumanining Beshmargan qishlog‘ida, konserva zavodi – sobiq “Maxsusintersavdo” MChJning bo‘sh yotgan bino va inshootlari negizida (3,7 gektar).

Ma’lumot uchun, 2017-yil dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish va KSZda joylashtirish tanlov komissiyasi funksiyalarini mintaqaviy Ma’muriy kengash amalga oshirmoqda. U faoliyat yuritmayotgan davlat mulki obyektlarini nol darajali xarid qiymatida, investitsiya majburiyatlarini qabul qiladigan KSZ ishtirokchilariga sotish to‘g‘risidagi qarorlarni ham qabul qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Xorazm viloyatida 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan edi. Ular hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulki muayyan shartlarda keyinchalik unga bo‘lgan mulk huquqini o‘tkazgan holda tadbirkorlarga nol darajali stavkada 5 yilga ijaraga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют