» » Toshkent hokimligi shahardagi qurilishlar sabab yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishni so‘radi

Toshkent hokimligi shahardagi qurilishlar sabab yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishni so‘radi


Toshkent shahar hokimligi shaharning turli nuqtalarida olib borilayotgan qurilish ishlari sabab markaziy ko‘chalar va yo‘l o‘tkazgichlarda yuzaga kelayotgan tirbandliklar va boshqa noqulayliklar yuzasidan murojaat e’lon qildi. “Daryo”ning uning to‘liq matnini e’tiboringizga havola qiladi.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘zbek xalqining yuksak insoniy fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadrini inobatga olib, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish maqsadida, “Xalqlar do‘stligi” nomi va yodgorlik ansamblini poytaxt markaziga qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Ayni damda shahrimizning muhtasham san’at saroyi oldidagi maydon va uning atrofidagi hududda ulkan qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida markaziy ko‘chalar va yo‘l o‘tkazgichlarda vaqtinchalik tirbandliklar yuzaga kelib, shahar aholisi noqulayliklarga duch kelmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan amalga oshirilayotgan shu va boshqa qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari kelgusida shahrimiz aholisi va mehmonlarining qulayligi, poytaxt ko‘chalarining go‘zalligi hamda porloq kelajagimiz uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Toshkent shahar hokimligi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют