» » Janubiy Koreya rahbari Trampni Nobel mukofotiga loyiq topdi

Janubiy Koreya rahbari Trampni Nobel mukofotiga loyiq topdi


Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In tinchlik o‘rnatish va Koreya yarimorolini yadrosizlantirishga qo‘shgan hissasi uchun AQSh prezidenti Donald Trampni Nobel mukofotiga loyiq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Prezident Tramp Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi lozim. Bizga faqat tinchlik kerak”, — dedi Mun Chje In Janubiy Koreyaning hukumat majlisida.

Respublikachi senator Lindsi Grem 28-aprel kuni Trampga Koreya yarimorolidagi mojaroni tartibga solgan taqdirda Nobel mukofoti berishni taklif qilgan edi.

“Donald Tramp Shimoliy Koreya va Xitoyni bo‘ladigan o‘zgarishlarga jiddiy qarashiga ishontirdi. Biz hali hech nimaga erishmadik, lekin o‘zgarishlar amalga oshirilsa, Trampga Nobel mukofoti berilishi kerak”, — degan edi senator. Trampning KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvi bir oy ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda Koreya yarimorolida tinchlik o‘rnatish va yadrosizlantirish masalasi muhokama qilinadi.

2009-yilning oktabrida AQShning 44-prezidenti Barak Obama xalqaro diplomatiya va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Obama mamlakatning bu mukofot bilan taqdirlangan uchinchi rahbari bo‘ldi. 26-prezident Teodor Ruzvelt va 28-prezident Vudro Vilsonlar ham Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют