» » 1-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

1-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi


1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 13—15, kunduzi 21—23 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7—12, kunduzi 20—25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12—17, kunduzi 20—25, ayrim joylarda 28 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10—15, kunduzi 20—25 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10—15, kunduzi 18—23, ba’zi joylarda 25 darajagacha issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18—23, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 12—17, kunduzi 18—23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 7—12, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют