» » Toshkentning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi

Toshkentning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi


Toshkent shahrining Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan qurilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi 24,5 metrni tashkil etadi. Yirik inshoot jami 21 ta ustun oralig‘ida barpo etilmoqda.

Bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatiladi.

Yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozalariga mos ravishda bo‘ladi.

Yangi ko‘prik joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshiriladi. Oldinroq bu muddat sifatida may oyi keltirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют