» » Buxoroda ag‘darilgan avtobusning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizildi

Buxoroda ag‘darilgan avtobusning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizildi


Buxoro viloyatining Jondor tumanida 29-aprel kuni soat 10:50 atrofida G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Muzaffarov Setra rusumli avtobusni tuman hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 319-kilometrida haydab ketayotganda orqa g‘ildirak balloni yorilib ketishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga chiqib, ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

YTH tufayli avtobusning 49 yo‘lovchisidan 4 nafari jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Shuningdek, 26 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Qolgan 19 nafar yo‘lovchi jarohatlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют