» » O‘zbekistonda har yili xalqaro innovatsiyalar yarmarkalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda har yili xalqaro innovatsiyalar yarmarkalari o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidentining “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

2018-yildan boshlab O‘zbekistonda har yili xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro innovatsion-investitsion forumlar o‘tkaziladi. Ularda xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlar ishtirok etadi.

Innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi uchta blokni o‘z ichiga oladi:

“Tashabbuskor biznes”. Mamlakat hamda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning davlat va xususiy sektorlari tomonidan mahalliy va xorijiy texnoparklar, texnologik agentlarning tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini va texnologiyalarni tijoratlashtirish sohasidagi faoliyatini yoritish uchun tashkil etilgan ko‘rgazma maydoni.

“Innovatsion yechimlar”. Ushbu maydonda ichki va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida davlat va xususiy ilmiy muassasalari tomonidan maket va (yoki) prototip ko‘rinishida eng zo‘r mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalar namoyish qilinadi.

“Kooperatsion aloqalar”. Ushbu platforma muloqot va o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sherikchilik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari sohasidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

Innovatsiyalar yarmarkalari “O‘zekspomarkaz” AJ ko‘rgazma pavilonlarida o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish bilan Innovatsion rivojlanish, Iqtisodiyot va Tashqi ishlar vazirliklari, Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi shug‘ullanadi. Innovatsiyalar yarmarkalarini o‘tkazish muddati va davriyligi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan belgilanadi.

“O‘zekspomarkaz”ga innovatsiyalar yarmarkalarining ishtirokchilariga zaruriy ko‘rgazma maydonlarini va konferensiya zallarini o‘rnatilgan tarifdan 30 foizlik chegirma bilan taqdim etish tavsiya qilindi.

Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalarining jami mablag‘lari 10 foizi miqdori hisobidan qoplanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 3 oy muddatda doimiy yangilanib turadigan “Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi” interaktiv internet-portali ishlab chiqilishi va faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Unda innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning barcha amaldagi va salohiyatli ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborotlar hamda tijoratlashtirish uchun tayyor bo‘lgan innovatsion ishlanmalar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют