» » “Bavariya” bugun Madridda YeChL final yo‘llanmasi uchun “Real”ga qarshi jang qiladi

“Bavariya” bugun Madridda YeChL final yo‘llanmasi uchun “Real”ga qarshi jang qiladi


Bugun, 1-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Madridda Zidan boshliq “Real” Myunxenning “Bavariya”sini qabul qiladi. Jamoalarning dastlabki o‘yinida 2:1 hisobida madridliklarning qo‘li baland kelgan edi. Jamoalar tarkibida bir qator yo‘qotishlar bor. Jumladan, “Real” tarkibida Isko hamda Dani Karvaxal maydonga tusha olmaydi. “Bavariya” tarkibida esa Jerom Boateng, Aryen Robben jarohat sabab o‘yinda qatnasha olmaydi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Shu tariqa bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 2017-2018-yilgi mavsumidagi dastlabki finalchi nomi ma’lum bo‘ladi.

“Real”ning o‘yin uchun taqdim etgan qaydnomasi

“Bavariya”ning o‘yin uchun taqdim etgan qaydnomasi

Yevropa Chempionlar Ligasi

Yarim final javob uchrashuvi

1-may, seshanba

Birinchi uchrashuv 2:1

?Final 26-may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют