» » Kuchli beshlik. Germaniyada osiyolik futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi, A seriyada 2 ta xet-trik va 1 ta poker, Milan klublarida mag‘lubiyat

Kuchli beshlik. Germaniyada osiyolik futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi, A seriyada 2 ta xet-trik va 1 ta poker, Milan klublarida mag‘lubiyat


Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlaridan Germaniya va Fransiyada navbatdagi tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Italiya A seriyasida esa “Roma” ishtirokidagi o‘yin inobatga olinmasa, qolgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Germaniya Bundesligasining shanba — 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridan keyin “Bavariya” o‘z maydonida 2 ochko yo‘qotgan, Dortmundning “Borussiya” klubi esa mavsum kashfiyoti “Leyptsig”ni taslim qilgandi.

5-fevral sanasi Bundesliganing osiyolik futbolchilari uchun omadli keldi. Avvaliga Janubiy Koreya termasi a’zosi Ku Ja Chol o‘z goli bilan “Augsburg”ning g‘alabasini ta’minlagan bo‘lsa, keyinroq Yaponiya termasi sardori Makoto Xasebe gol urdi va Frankfurt klubining turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishini ta’minladi.

Germaniya Bundesligasi
19-tur
5-fevral, yakshanba

Gollar: Gebre Selassi, 26 (0:1). Jonatan Shmid, 28 (1:1). Maks Kruze, 65-pen (1:2). Ku Ja Chol, 79 (2:2). Raul Bobadilya, 90+4 (3:2).

Gollar: Makoto Xasebe, 74-pen (1:0). Ante Rebich, 83 (2:0).

Italiyada 23-tur Milan klublari uchun omadsiz keldi. “Milan” o‘z maydonida “Sampdoriya” darvozasiga gol ura olmagan bo‘lsa, “Inter” markaziy o‘yinni Turinda o‘tkazib, peshqadamga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Qiziq tomoni, mazkur turda uch nafar futbolchi 2 tadan ko‘proq gol urdi. Shanba kuni Dris Mertens va Marek Hamshik 3 tadan gol urib, “Napoli”ning 7:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan bo‘lsa, “Latsio” vakili Marko Parolo bir kundan keyin 4 ta gol urishga erishdi.

Italiya A seriyasi
23-tur
5-fevral, yakshanba

Gol: Luis Muriel, 69-pen (0:1).
Chetlatish: Xose Ernesto Sosa, 90 (M).

Gollar: Alexandro Gomes, 5 (1:0). Alexandro Gomes, 17 (2:0).

Gol: Lorenso Pellegrini, 26 (0:1).

Chetlatish: Boshtyan Sesar, 82 (K).

Gollar: Marko Parolo, 10 (0:1). Marko Parolo, 14 (0:2). Ahmed Benali, 29 (1:2). Gaston Brugman, 41 (2:2). Marko Parolo, 49 (2:3). Keyta Balde, 57 (2:4). Chiro Immobile, 69 (2:5). Marko Parolo, 77 (2:6).
Noaniq penalti: Janluka Kaprari, 37 (P).

Gollar: Andrea Belotti, 11 (0:1). Manuel Puchcharelli, 45+2 (1:1).
Noaniq penalti: Yago, 55 (T).

Gol: Ilya Nestorovski, 27 (1:0).
Chetlatish: Lorenso Krisetig, 69 (K).

Gol: Xuan Kuadrado, 45 (1:0).
Chetlatish: Ivan Perishich, 90+4 (I).

Fransiyaga tashrif buyurgan Memfis Depayning ham, uni olib kelgan “Lion”ning ham ishlari yurishayotgani yo‘q. Shu ketishda futbolchi vatani Gollandiyaga qaytib ketmasa bo‘ldi. Bir kun avval “Vest Hem”ni norozi qilib ketgan Dmitri Payet ham jamoasi bilan mag‘lub bo‘lgandi.

Fransiya Birinchi divizioni
23-tur
5-fevral, yakshanba

Gollar: Endi Delor, 47 (1:0). Aleksis Blin, 56-pen (2:0). Oskar Trexo, 69 (3:0). Ola Toyvonen, 89 (4:0).

Gollar: Issiar Dia, 50 (0:1). Jyulyen Setu, 64 (0:2).
Chetlatishlar: Amin Xari, 90+1 (mezbon). Vensan Muratori, 90+1 (mehmon).

Gollar: Kevin Monne-Pake, 9 (1:0). Romen Amuma, 22 (2:0).
Chetlatishlar: Rashid Gezzal, 90+2 (L). Korenten Tolisso, 90+3 (L).

Опубликовано: admin (6-02-2017, 09:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют