» » Avstraliyadagi yaxtadan maxsus operatsiya chog‘ida 1,4 tonna kokain musodara qilindi

Avstraliyadagi yaxtadan maxsus operatsiya chog‘ida 1,4 tonna kokain musodara qilindi


Avstraliya huquq-tartibot idoralari yaxtada o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida rekord miqdordagi — 1,4 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Maxsus operatsiya o‘tgan hafta tungi payt sodir bo‘ldi. Uning doirasida 6 kishi, jumladan, 5 nafar avstraliyalik qo‘lga olindi. Ularga narkotiklar kontrabandasini amalga oshirish maqsadida til biriktirishda ayblov e’lon qilindi. Ayblanuvchilar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Avstraliya adliya va migratsiya vazirlari Maykl Kinan hamda Piter Dattonning qo‘shma bayonotida bu mamlakatda bir operatsiya davomida aniqlangan eng ko‘p miqdordagi kokain ekanligi bildirilgan.

“Operatsiya 2,5 yil davom etgan muassasalararo tekshiruv natijasi bo‘ldi. Unda Avstraliya federal politsiyasi, chegara xizmati va Yangi Zelandiya bojxona xizmati ishtirok etdi”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 09:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют