» » Vin Dizeldan sport mashg‘ulotlari borasidagi 5 ta maslahat

Vin Dizeldan sport mashg‘ulotlari borasidagi 5 ta maslahat


Mashhur aktyor Vin Dizel sport bilan shug‘ullanish maksimal darajada foyda keltirishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:

1. Har bir mushakka e’tibor

Vin Dizel uchun negiz – bu har xil turdagi mashqlar aralashmasi. Tananing har bir qismiga turlicha yondashish mushaklarning nomutanosib ravishda rivojlanishini bartaraf qilishga yordam beradi.

2. Shok terapiyasi

Vin Dizel mashqlari falsafasi juda oddiy — o‘zingga “jahannam” yarat. Mashqlarga bo‘lgan bunday munosabat bir vaqtning o‘zida vaznni kamaytirishga va mushaklar massasini orttirishga yordam beradi.

3. Xotirjam bo‘l

Dizelning maslahati: tinchlan, sarosimaga tushma. Imkoniyating boricha bajar va albatta o‘zingga dam olishga imkon ber.

4. Lazzat ol

“O‘zingga yoqqan ishni bajar va bu senga og‘ir mehnat bo‘lib ko‘rinmaydi”, — deydi Vin Dizel. Agar sizga mashqlarning nimasidir yoqmayotgan bo‘lsa buni har doim o‘zgartirish mumkin. Lekin mukammal ko‘rinishdagi mashqlar topilishi bilan harakat qilish zarur.

5. G‘alabaga hozirlan

Maqsad tomon olg‘a yursang — g‘alabaga erishasan. Shuning uchun agar bajargan mashqlaringiz zerikarli bo‘lsa ham baribir siz kuni bilan divanda o‘tirganlardan kuchlisiz.

Manba: Men’s Health

Опубликовано: admin (6-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют