» » Adliya vazirligi “Eng yaxshi huquqiy targ‘ibot loyihasi” tanlovini e’lon qildi

Adliya vazirligi “Eng yaxshi huquqiy targ‘ibot loyihasi” tanlovini e’lon qildi


Adliya vazirligi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan “Eng yaxshi huquqiy targ‘ibot loyihasi” tanlovini yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar beradi vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali.

“Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. G‘olibning loyihasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish ishlariga tatbiq etiladi”, — deyiladi xabarda.

Muallifga Adliya vazirligining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari taqdim etiladi.

Tanlov ishtirokchilari “Yoshlarning huquqiy savodxonligini qanday oshirish lozim?”, “Aholining huquqiy madaniyatini qay tarzda yuksaltirish mumkin?”, “Huquqiy targ‘ibotning zamonaviy shakllari qanday bo‘lishi lozim” kabi savollarga javoblarni mexanizm shaklida tasvirlab berishi lozim.

Tayyorlangan loyihalarni “Huquqiy targ‘ibot loyihasi” deb ko‘rsatilgan holda targibot@minjust.gov.uz elektron pochta manziliga joriy yilning 15-may kuniga qadar yuborish so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют