» » Toshkent moliya institutida Harakatlar strategiyasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Toshkent moliya institutida Harakatlar strategiyasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi


Toshkent moliya instituti “Chet tillari” kafedrasi tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbeliston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” yili Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda moliya instituti matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Ushbu davra suhbatiga Harakatlar strategiyasi markazi bosh koordinatori Sherzod Saparov taklif qilindi. Sherzod Saparov yig‘ilgan davra ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash” yili Davlat dasturi yuzasidan savollar berib, ishtirokchilarning bu haqida yetarli bilimga ega ekanliklaridan xursand bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida joriy qilinayotgan qonun va farmonlar maxsus saytlarga qo‘yilayotganligi va umumxalq fikri, xalq tomonidan berilayotgan takliflar inobatga olinayotganligini takidladi.

Suhbat so‘nggida professor-o‘qituvchilar va talabalar bugungi davlat siyosati, Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, qonunchilikka kiritilayotgan yangi islohotlar to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют