» » O‘zbekistonda soliqlarning katta qismi mahalliy budjetlarga qaytarilishi mumkin

O‘zbekistonda soliqlarning katta qismi mahalliy budjetlarga qaytarilishi mumkin


O‘zbekiston soliqlardan keladigan tushumning katta qismini mahalliy budjetlarga qaytarishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Davlat moliya tizimini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Hujjatda bir qator soliqlardan tushadigan tushumlarni to‘liq hajmda mahalliy budjetlarga biriktirish taklif qilinmoqda.

Ular orasida yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, tadbirkorlikning alohida turlari uchun qat’iy belgilangan soliq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk hamda yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer va yerosti qazilma boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq bor.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini teng miqdorda respublika va mahalliy budjetlarga taqsimlash ham rejalashtirilmoqda.

Bunda mahalliy budjetlarga tushadigan qo‘shimcha daromadlarni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют