» » O‘zbekiston va Turkiya mehnat muhojirlari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlaydi

O‘zbekiston va Turkiya mehnat muhojirlari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlaydi


O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hujjat Toshkentda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrifi doirasida imzolandi.

Kelishuv O‘zbekiston va Turkiya fuqarolari bo‘lmish mehnat muhojirlari hamda ularning oila a’zolari huquqlari himoya qilinishi bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.

Hujjatga muvofiq, mehnat muhojirlari o‘z mehnat faoliyatini qabul qiluvchi davlat hududida ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.

Tomonlar, shuningdek, migratsion oqimlarni tartibga solishga ko‘mak beradi hamda o‘z mamlakatlariga noqonuniy migratsiyani bartaraf etishda hamkorlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют