» » SkyPower Global O‘zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun 1,3 milliard dollar investitsiya kiritadi

SkyPower Global O‘zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun 1,3 milliard dollar investitsiya kiritadi


Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarga teng bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshiradi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi, deyiladi O‘zA xabarida.

Qarorga ko‘ra, SkyPower Global kompaniyasi umumiy qiymati 1,3 mlrd dollarga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Shunga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish vazifasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 21:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют