» » ?al?k Holding Toshkentda 400 million dollarlik biznes-kompleks quradi

?al?k Holding Toshkentda 400 million dollarlik biznes-kompleks quradi


Turkiyaning ?al?k Holding xoldingi Toshkentda Turk biznes markazi, mehmonxonalar, Ziraat Bank ofisiga bino va savdo-ko‘ngilochar markazlar quradi. Loyihaning umumiy qiymati 400 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda, Toshkent shahar hokimining Investitsiyalar, innovatsiya va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Tillayevga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

30-aprel kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev va ?al?k Enerji energetika kompaniyasi bosh direktori Ridvan Aktyurk Turkiya prezidentining tashrifi doirasida turk ishbilarmonlik markazining qurilishi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Bundan tashqari Jahongir Ortiqxo‘jayev Ziraat Bank’ning ijrochi direktori Husayn Aydin bilan poytaxtda Ziraat Bank ofisi va biznes markaz qurish borasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют