» » “Real Madrid” — “Bavariya”. Asosiy tarkiblar e’lon qilindi. Beyl va Kazemiro zaxirada

“Real Madrid” — “Bavariya”. Asosiy tarkiblar e’lon qilindi. Beyl va Kazemiro zaxirada


Bugun, 1-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Madridda Zidan boshliq “Real” Myunxenning “Bavariya”sini qabul qiladi. Jamoalarning dastlabki o‘yinida 2:1 hisobida madridliklarning qo‘li baland kelgan edi. Jamoalar tarkibida bir qator yo‘qotishlar bor.

Jumladan, “Real” tarkibida Isko hamda Dani Karvaxal maydonga tusha olmaydi. “Bavariya” tarkibida esa Jerom Boateng, Aryen Robben jarohat sabab o‘yinda qatnasha olmaydi.

Jamoalarning asosiy tarkibi ma’lum qilindi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Yarim final javob uchrashuvi

1-may, seshanba

“Real Madrid”: Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio, Kovachich, Kroos, Benzema, Ronaldu.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso, Kimmix, Xames, Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.

Birinchi uchrashuv 2:1

?Final 26-may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют