» » MOQ prezidenti Shahram G‘iyosovga: O‘z vazn toifangda O‘zbekistondagi eng kuchli bokschisan

MOQ prezidenti Shahram G‘iyosovga: O‘z vazn toifangda O‘zbekistondagi eng kuchli bokschisan


Bugun, 1-may kuni Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi, Jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, qo‘mita rahbari Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida MOQ rahbari Shahramni 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ko‘rmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

Shahram, seni bekorga okean ortiga, uzoq Amerikaga qo‘yib yuborganimiz yo‘q. Chunki sen havaskor bokschi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinni yuta olding. Bugungi kunda o‘z vazn toifangda yurtimizdagi eng kuchli bokschisan. Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo‘q. Endi AQShda kuchli bokschilarga qarshi janglarda mahorat oshirib, 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida terma jamoa safida bo‘lishing shart. Seni aynan shu niyatda u yerga qo‘yib yuborganmiz. Shuni bilginki, Milliy olimpiya qo‘mitasi seni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Jahonning eng yirik arenalarida zafar quchib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishing uchun barcha sharoitni yaratib beramiz.

Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti

Menga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Sizning, qolaversa, Milliy olimpiya qo‘mitasining ushbu e’tiboridan xursand bo‘ldim. O‘z natijalarim bilan O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishda, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Shahram G‘iyosov, bokschi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют