» » Farg‘onada nogironligi bor shaxslarga imtiyozli uy-joy topshirildi

Farg‘onada nogironligi bor shaxslarga imtiyozli uy-joy topshirildi


Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga yangi bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nogironligi bo‘lgan 12 nafar fuqaroga Farg‘ona tumanining Mindonobod massivida qad rostlagan ko‘p qavatli uy-joydan yangi uylarning boshlang‘ich badali davlat tomonidan to‘liq to‘langan holda imtiyozli bank krediti asosida berildi.

Yangilangan namunaviy loyiha asosida qad rostlagan uchta 3 qavatli, har biri 48 xonadonli uylarning birinchi qavati to‘liq nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ikkinchi va uchinchi qavatlari esa ehtiyojmand oilalarga ajratilishi belgilangan. “Imkon qurilish”, “Saodat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan bunyod etilgan ushbu ko‘p qavatli uylarda barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Belgilangan rejaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida ko‘p qavatli uylar atrofida maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi, salomatlik markazi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni Farg‘ona va Quvasoy shahri hamda Farg‘ona tumanidagi oilalarga yangi uylarning ramziy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют