» » “Real Madrid” “Bavariya”ni yarim finalda qoldirib, ketma-ket uchinchi yil Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi

“Real Madrid” “Bavariya”ni yarim finalda qoldirib, ketma-ket uchinchi yil Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi


1-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Madridda Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” jamoasi Myunxenning “Bavariya”sini qabul qildi. Jamoalarning dastlabki o‘yinida 2:1 hisobida madridliklarning qo‘li baland kelgan edi. Javob uchrashuvi ham o‘tgan o‘yindagi ssenariy kabi boshlandi. O‘yinning 3-daqiqasida Joshua Kimmix gol kiritib, “Bavariya”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 11-daqiqaga kelib, Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida “Bavariya” darvozaboni Ulrayx xatoga yo‘l qo‘ydi. Xatodan esa Karim Benzema unumli foydalanib, madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada transfer huquqi “Real”ga tegishli, ammo ijara asosida Myunxen klubida to‘p surayotgan Xames gol urib, hisobni tenglashtirdi. Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa “Real” ketma-ket uchinchi yil Yevropa Chempionlar Ligasi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Madridliklar ertaga “Roma” — “Liverpul” uchrashuvidan so‘ng finaldagi raqibini bilib oladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Yarim final javob uchrashuvi

1-may, seshanba

Gollar: 0:1 – 3 Kimmix, 1:1 – 11 Benzema, 2:1 – 46 Benzema, 2:2 – 63 Xames.

“Real Madrid”: Navas, Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Vaskes, Asensio (Nacho, 88), Kovachich (Kazemiro, 73), Kroos, Benzema (Beyl, 72), Ronaldu.

“Bavariya”: Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Tolisso (Vagner, 75), Kimmix, Xames (Martines, 84), Alkantara, Riberi, Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Modrich (62), Vaskes (65), Varan (88), Kazemiro (89).

Birinchi uchrashuv 2:1

?Final o‘yini 26-may kuni Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют