» » Po‘lat Bobojonov turkiyalik hamkasbi bilan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish haqida kelishib oldi

Po‘lat Bobojonov turkiyalik hamkasbi bilan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish haqida kelishib oldi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat ichki ishlar vazirlari tomonidan bir qator xalqaro shartnomalar imzolandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim”, “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida protokol” imzolandi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Unda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi bildirildi.

Shuningdek, vazirlar ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida vazirliklararo Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qildi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют