» » Fransiyadagi restoranda ishsiz ayol yanglishib 7 ming dollar choychaqa qoldirib ketdi

Fransiyadagi restoranda ishsiz ayol yanglishib 7 ming dollar choychaqa qoldirib ketdi


Fransiyada istiqomat qiluvchi rossiyalik Olesya Shemyakova shveysarcha kabobxonada yanglishib 7,7 ming frank (taxminan 7,7 ming dollar) choychaqa qoldirib ketdi, deb yozadi Blick.

Bir finjon qahva va bir bo‘lak tort uchun pul to‘lashda u buyurtma narxi kiritiladigan qatorga karta PIN-kodini yozgan. Ishsiz bo‘lgan ayol xatosini keyinroq bankdan xat olgach anglagan. Ammo na bank va na politsiya ayolga yordam bera olgan. Shunda u bevosita restoran ma’muriyatiga murojaat qilgan. U yerda ayolga dastlab pulining hammasi qaytarilishiga va’da berishgan, ammo keyinchalik u bilan aloqaga chiqmay qo‘yishgan.

Xabar berilishicha, kabobxona egasining ukasi zarar qoplanishini va’da qilgan. Shemyakinaning o‘zi voqea ijobiy yakun topishiga umid qilmayapti. “Ular quruq va’da bilan qutulmoqchi. Shov-shuv bosilgach, yana g‘oyib bo‘lishadi”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют