» » JSST: havo ifloslanishi tufayli dunyoda har yili 7 mln kishi vafot etadi

JSST: havo ifloslanishi tufayli dunyoda har yili 7 mln kishi vafot etadi


Havo ifloslanishi natijasida kelib chiquvchi kasalliklar tufayli har yili yetti million kishi vafot etadi. Bu ma’lumotni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.

Unda ta’kidlanishicha, ifloslanish darajasi dunyoning ko‘plab qismlarida xavfli darajada yuqori bo‘lib qolmoqda. “JSSTning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, har o‘n kishidan to‘qqiz nafari ifloslantiruvchilarning yuqori darajasiga ega havodan nafas oladi, so‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra esa, atmosfera havosi va bino ichidagi havoning ifloslanishi oqibatida har yili 7 million kishi vafot etadi”, — deyiladi tashkilot press-relizida.

Bunday o‘limlarning 90 foizdan ortig‘i aholi boshiga past yoki o‘rtacha daromad to‘g‘ri keladigan mamlakatlar, asosan Osiyo va Afrikadagi davlatlar hissasiga tushadi.

Tashkilot qayd etishicha, havo ifloslanishining “chegarasi yo‘q”, havo sifatini yaxshilash uchun “barcha darajalardagi hukumatlarning muvofiqlashgan chora-tadbirlari talab qilinadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют