» » “O‘zsanoatqurilishbank” Turkiyaning Eksimbanki bilan banklararo kredit bitimini imzoladi

“O‘zsanoatqurilishbank” Turkiyaning Eksimbanki bilan banklararo kredit bitimini imzoladi


O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish natijasida ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlariga yanada ko‘maklashish maqsadida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 2018-yil 30-apreldagi O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Turkiya Eksimbanki bilan 26 million dollarlik banklararo kredit bitimini imzoladi.

Ushbu bitim Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni yanada jalb qilishga xizmat qiladi. Kredit mablag‘lari turk banki tomonidan o‘zbek tadbirkorlari arizalarini uzoq muddatli kreditlash (5 yilgacha, loyiha qiymatining 85 foizigacha moliyalashtirish bilan) va qisqa muddatli kreditlash (2 yilgacha, loyiha qiymatining 100 foizgacha moliyalashtirish bilan) yuzasidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqdim etiladi.

E’tiborlisi, mazkur kredit liniyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatini taqdim etish borasidagi mexanizmsiz jalb qilingan.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют