» » Fuqarolar yig‘inlari xodimlariga ish haqi tayinlash tartibi o‘zgartirildi

Fuqarolar yig‘inlari xodimlariga ish haqi tayinlash tartibi o‘zgartirildi


Bundan buyon 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda ham tashkil etiladigan mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga ish haqi tayinlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorining 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining yuqorida nomi qayd etilgan 1996-yil 10-dekabrdagi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlandi. Ya’ni, “Bunda shunga amal qilinsinki, ish haqi (maosh) hududlarida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga tayinlanadi”, degan qoida o‘z kuchini yo‘qotdi.

Bu bilan 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda ham tashkil etiladigan mahallalarning fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga ish haqi tayinlashning huquqiy mexanizmi yaratildi.

Mazkur o‘zgarishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash, bolali oilalarga nafaqalar to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют