» » Tramp uni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlash taklifidan keyin kamtarlik qildi

Tramp uni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlash taklifidan keyin kamtarlik qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje Inning uni Koreya yarim orolidagi vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi xizmatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish taklifini izohladi, deb yozadi The Hill.

“Mun bunday taklifni bergan bo‘lsa, juda yaxshi odam ekan. Asosiysi — bizga tinchlik kerak. Bu katta muammo edi, biroq hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman. Ko‘ramiz. Koreya Respublikasi prezidenti juda olijanoblik qildi, uning taklifini qadrlayman, ammo hozircha joriy vaziyatni tartibga solish kerak. Men buni amalga oshirmoqchiman”, — dedi u.

Trampni mukofotlashni istovchilar Shimoliy Koreyaning yadrosizlantirilishi va Koreya urushining tugashi Nobel mukofoti uchun ahamiyatli muvaffaqiyatlar ekanligini da’vo qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют