» » “Bavariya”ni Chempionlar Ligasi finalidan mahrum qilgan Zidanning “Real”i yana rekord qo‘ydi

“Bavariya”ni Chempionlar Ligasi finalidan mahrum qilgan Zidanning “Real”i yana rekord qo‘ydi


Kecha, 1-may sanasida Zinedin Zidan boshchiligadi “Real” Myunxenning “Bavariya”sini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etib, Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi.

Shu tariqa madridliklar mazkur musobaqa finaliga ketma-ket 3-marta chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan avvalgi qatorasiga 2 mavsumda ham “Real” musobaqaning finaliga chiqib, unda g‘olib bo‘lgandi.

Avval bunday natijaga faqat Italiyaning ikki grandi – “Yuventus” va “Milan” erishgandi, xolos. Turin klubi musobaqaning 1996, 1997 va 1998-yillardagi, Milan jamoasi esa 1993, 1994 va 1995-yillardagi finallarida qatnashgandi.

Ta’kidlash joiz, “Yuventus” va “Milan” o‘zlari ishtirok etgan finallardan faqat bittasida g‘olib bo‘la olgan, xolos (“Yuventus” 1996-yilda va “Milan” 1994-yilda).

Shuningdek, “Real” Yevropa Chempionlar Ligasi (musobaqa shu nom bilan atala boshlangandan beri) finaliga 7-marta chiqa oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchiga aylandi. Madrid klubi 1998, 2000, 2002, 2014, 2016, 2017-yillarda finalda o‘ynagan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. Bu borada undan keyingi o‘rinlarda yana “Yuventus” va “Milan” bormoqda. Italyan klublari musobaqaning finaliga 6 martadan chiqishgan erishgan.

“Yuvetus” musobaqaning 1996, 1997, 1998, 2003, 2015, 2017-yilgi finallarida ishtirok etib, yuqorida ta’kidlanganidek, faqat bitta finalda – 1996 yilda g‘olib bo‘lgan. “Milan” esa musobaqasining 1993, 1994, 1995, 2003, 2005, 2007-yillar mavsumidagi finallarida ishtirok etib, 3 marta g‘olib bo‘lgan (1994, 2003, 2007 yillar).

“Real” bugun, 2-may sanasida “Roma” — “Liverpul” uchrashuvida so‘ng finaldagi raqibini bilib oladi. Final uchrashuvi esa Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida 26-may sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют