» » Toshkent shahar IIBB 23-mehribonlik uyi eski devorini hashar yo‘li bilan qayta tikladi

Toshkent shahar IIBB 23-mehribonlik uyi eski devorini hashar yo‘li bilan qayta tikladi


Toshkent shahar IIBB hamda Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari 23-mehribonlik uyidagi eski devorni hashar yo‘li bilan qayta tiklab berdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Erta tongdan boshlangan qurilish ishlari kechgacha qizg‘in davom etdi. Shu kuni xizmatdagi xodimlar ham navbatchiligidan so‘ng ko‘mak uchun mehribonlik uyi tomon shoshildi. Yaxshi niyat bilan boshlangan hashar natijasida bir zumda devorning ustunlari o‘rnatib bo‘lindi. Tez kunda esa yangi va mustahkam devor ham qad rostlaydi.

Shu kuni Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan samimiy suhbat qurdi. O‘smirlarning kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari bilan qiziqdi.

Bayram dasturxonidan so‘ng bolajonlar faollar zaliga taklif etildi. Bu yerda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kuy-qo‘shiq, jonli ijrodagi mumtoz navolardan iborat rang-barang konsert dasturi taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida Toshkent shahar IIBB va Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan “Bilimdonlar” tanlovining g‘oliblariga kitoblar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют