» » Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi


G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Chapayev qishlog‘i yaqinidagi qutqaruv tibbiy markazining feldsheri Nursaid Amantoyulining aytishicha, bugun, 2-may kuni taxminan tungi soat 01:00 da Ikarus avtobusi bilan MAN yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashuv sodir etgan.

YTH Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan.

Noxush hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ikkala haydovchi ham vafot etgan. Avtobus haydovchisining yordamchisi Qozog‘iston fuqarosi Akjayisk tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning oyog‘i singan.

YTH nima sababdan yuzaga kelganligi o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют