» » 15-maydan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15-maydan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi 15-maydan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sputnik.

“Azia ekspress” korxonasi direktori Sulton Kamolovning aytishicha, Tojikiston tomoni avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishga tayyor, faqat O‘zbekistonning yo‘lkira narxi borasidagi yakuniy qarorini kutmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda Xo‘jand—Toshkent va Panjikent—Samarqand yo‘nalishlarida avtobuslar qatnay boshlaydi.

Avvalroq tomonlar Dushanbe—Termiz, Boxtar—Denov, Panjikent—Samarqand va Panjikent—Buxoro, Xo‘jand—Toshkent hamda Konibodomdan Farg‘ona viloyatlariga yo‘nalishlar ochilishiga kelishib olgandi.

Tojikiston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonga har kuni 10 mingdan ortiq tojikistonliklar boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют